24-yanvar kuni O‘zbekiston Prezidenti Oliy Majlisga Murojaatnoma taqdim etadi
2020-yil 24-yanvar kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga joriy yil va kelgusidagi mamlakatimiz taraqqiyotining eng ustuvor vazifalari to‘g‘risida Murojaatnoma taqdim etadi.
Murojaatnoma O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining “O‘zbekiston24”, “O‘zbekiston”, “Yoshlar”, “Mahalla”, “Madaniyat va ma’rifat”, “Toshkent”, “Dunyo bo‘ylab”, “O‘zbekiston tarixi”, “Oilaviy” telekanallari, 12 ta hududiy telekompaniyalari, “MY5”, “Sevimli TV”, “UzReport TV”, “Milliy TV”, “ZO‘R TV” nodavlat telekanallari, shuningdek, Prezidentning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari va internetdagi tegishli saytlar orqali (www.mtrk.uz, www.uzbekiston24.uz) jonli tarzda namoyish etiladi.
“O‘zbekiston” telekanalida surdo tarjima bilan, “Toshkent” va “Oilaviy” telekanallarida ruscha tarjimasi bilan, “Dunyo bo‘ylab” va “Yoshlar” telekanallarida inglizcha tarjima bilan efirga uzatiladi.